Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro muzeylar kunida elchi o‘rinbosari Alice Wolken xonim Q | Studieren und Forschen in Deutschland für Interessierte aus Usbekistan - Study and Research in Germany

Xalqaro muzeylar kunida elchi o‘rinbosari Alice Wolken xonim Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida qatag‘on qilinganlar xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi. Ko‘rgazma 1922-1928 yillarda Germaniyaga yuborilgan 70 talaba va o‘quvchilar taqdiri haqida so‘ylaydi. Ular Germaniyaga o‘qishga yuborilib, so‘ng Sovet ittifoqi tomonidan vatanga qaytarilib, keyinchalik qatl qilingan. Alice Wolken xonim shuni ta‘kidladiki, O‘zbekiston uchun o‘z tarixidagi yaxshi va yomon vaqtlar haqida idrok qilish muhim. Sababi ta‘lim har bir davlat taraqqiyoti hamda o‘zligini anglash yo‘lida kalitdir. Germaniya TIV tomonidan o’zbekistonlik talaba va o’quvchilar haqidagi saqlab qolingan hujjatlar ushbu ikki davlat o‘rtasida XX asrning boshlaridayoq mavjud bo’lgan keng hamkorlik haqida dalolat beradi.