🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat TAVSIFNOMA Tavsifnomaning | SURXONDARYO KADASTR

​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat

TAVSIFNOMA

Tavsifnomaning zaruriy qismlari:
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
ismi, otasining ismi, familiyasi; tug‘ilgan yili;
millati; partiyaviyligi;
ma’lumoti; lavozimi;
ilmiy darajasi va unvoni;

Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn.
Imzolar, sana, muhr.

Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.

Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.

Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol”, “topshiriqlarni vaqtida bajaradigan”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor”, “tezkor”, “intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Tavsifiy tavsiyanoma”, “xizmat tavsifnomasi” kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt