🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​03-Noyabr,Panamada Mustaqillik kuni *Rasmiy nomi* - Panama | SURXONDARYO KADASTR

​​03-Noyabr,Panamada Mustaqillik kuni

*Rasmiy nomi* - Panama Respublikasi. *Poytaxti *- Panama. *Hududi -78200km2. _Aholisi - 3405800 kishi _. _Davlat tili - ispan. Sig’inuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e'tiqod qiladi_. _Pul birligi - balboa.

_ _
Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikaning Panama bo’yidagi davlat. G’arbda - Kosta - Rika, sharqda - Kolumbiya bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi - 555 km. Mamlakat hududining teng yarmini tog’liklar egallagan. Harakatdagi Baru vulqoni (3475m) Panamaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Eng katta ko’li - Bayano. Asosiy tabiiy boyliklari - mis, qizil daraxt, mayda qisqichbaqalar (krevetkalar)._

_
Iqlimi - tropik. O’simlik dunyosida banaut daraxti, tropik o’rmon daraxtlari hamda Panama ko’rki hisoblangan orxideyalar keng tarqalgan._
_
Hayvonot olami rang - barang kapalaklar, gigant kapalaklar, bundan tashqari o’rmonlarida yaguar, puma kabi yirtqich hayvonlar mavjud. Qushlarnin_g _850 turi, ilon, chayon, o’rgimchaklar va turli hasharotlar keng tarqalgan._

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. *
*Davlat tuzilishi *- respublika. Mamlakat 9 provinsiya va 5 muxtor hindular rezervatsiyasidan iborat. Panama 1903 yil 3 noyabrda o’z mustaqilligini e'lon qilgan (ilgari Kolumbiya tarkibida edi), shu sana uning milliy Mustaқillik kuni bayramiga aylandi. Davlat va ҳukumat boshliғi -prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali - Qonun chiqaruvchi assambleyadan iborat.

Sanoat asosan qishloq xo’jalik mahsulotlariga ishlov berish bilan bog’liq boshqa sohalardan - neftni qayta ishlash va qurilish ancha taraqqiy etgan. Asosiy portlari - Kolon, Kristobal, Panama.


* Tarixi. *1502 yilda ispanlar tomonidan kashf etilgan Panama, 1510 yilda ispaniya mustamlakasiga aylandi. 1513 yilda panama bo’ynini kesib o’tib, Tinch okeani qirg’oqlariga birinchi bo’lib yevropalik Nunyes de Balboa yetib bordi. Panama 1821 yilda ispan hukmronligidan ozod bo’lganidan so’ng, Buyuk Kolumbiya tarkibiga kiradi. 1903 yil Panama o’z mustaqilligini e'lon qildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
A‘zolik: http://t.me/surxonkadastr