Get Mystery Box with random crypto!

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo Kadastr agentligi Surxond | SURXONDARYO KADASTR

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Sherobod tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "Istiqbol" massivi xududida faoliyat yuritayotgan "Isoqul" fermer xo'jaligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 135q-dala konturidagi 0,03 gektar yer maydoniga "Istiqbol" mahallasida yashovchi fuqaro Ismatov Xolbadan tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olinib, 4 xonali yashash uyi qurganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Sherobod tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olgan fuqaroga nisbatan rasmiy ogohlantirish xati berildi.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati: