Get Mystery Box with random crypto!

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo Kadastr agentligi Surxond | SURXONDARYO KADASTR

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Qiziriq tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "Zarbdor" mahallasi xududidan Kichik sanoat zonasiga ajaratilgan qishloq xo'jalik xaritasining 23vq-dala konturidagi 0,02 gektar yer maydoniga "Zarbdor" mahallasida yashovchi fuqaro Zokirov Alisher tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olinib, molxona binosi qurish maqsadida poydevor (Fundament) quyish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Qiziriq tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olgan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z hohishi bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda mamuriy javobgarlikka tortilib to'plangan hujjatlar sud tartibida ko'rib chiqilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati: