Get Mystery Box with random crypto!

09-Noyabr “Xalqaro sifat kuni” “Butun dunyo sifat kuni” bayr | SURXONDARYO KADASTR

09-Noyabr “Xalqaro sifat kuni”

“Butun dunyo sifat kuni”
bayrami har yili noyabr oyida nishonlanadi. Bayram 1989 yilda tashkil qilingan. BMTning yordami ostida yirik xalqaro tashkilotlar bu bayramning tashabbuskorlariga aylanishdi. Ushbu bayram birinchi marta dunyo bo'yicha 1989 yil 9 noyabrda nishonlandi.

“Butun dunyo sifat kuni” bayramining asosiy maqsadi keng jamoatchilik diqqatini taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati muammosiga qaratishdan iborat. Sifat muammolarini echishga qaratilgan harakatni kuchaytirish zarur.

Ayni muammoni echishda shu narsa nazarga olinadi-ki, birinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar inson va atrof-muhit uchun xavf tug'dirmasligi kerak. Ikkinchidan, mahsulotlar iste'molchilarni talablariga to'liq javob berishi kerak.Hozirgi kun talablari darajasidagi mahsulot va xizmatlarning sifati-har qanday tashkilot va korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.