Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILAD | SURXONDARYO KADASTR

#bilasizmi

QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida Kadastr pasporti shakllantiriladi);

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.