🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

16-noyabr YUNESKO tashkil topgan kun! YUNESKO, Birlashgan mi | SURXONDARYO KADASTR

16-noyabr YUNESKO tashkil topgan kun!

YUNESKO
, Birlashgan millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti-xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Dalatlar o‘rtasida ma'orif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavsizlikka ko‘maklashish maqsadida 16 noyabr 1945-yilda tuzilgan.

188 mamlakat ( shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) a'zo . YUNESKO Ustaviga ko‘ra, "... irqi, jinsiy tili va dinidan qat'iy nazar, barcha xalqlar uchun adolatga , qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga” ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.