🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo Kadastr agentli | SURXONDARYO KADASTR

#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Jarqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "Oltindon qo'rg'oni" massivi hududida faoliyat yuritayotgan "Otaqum Orzusi" fermer xo'jaligi rahbari M.Djo'rayev o'ziga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 348q-dala konturidagi 0,04 gektar tok ekilishi rejalashtirilgan yer maydoniga 5 xonali uy-joy qurish maqsadida poydevor (fundament) quyganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Jarqo'rg'on tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilib to'plangan hujjatlar sud tartibida ko'rib chiqilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati: