🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bayroq – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlar | SURXONDARYO KADASTR

Bayroq insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugun Yangi O‘zbekistonni porlayotgan quyoshga qiyoslasak, undan taralayotgan ilmu ziyo nuri ko‘hna zaminga merosdir. Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning irodasini toblab, elni ezgulik, ulug‘ va buyuk maqsadlar sari birlashtirib xalqimizga ruhiy quvvat beradi. Milliy bayrog‘imiz juda chiroyli unda ulug‘vorlik, ezgulik, tariximiz aks etadi.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kunga 30 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida #bayrog‘im_g‘ururim, #bayroq_30, #bayroq_kuni shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.