Get Mystery Box with random crypto!

#Sayyor_qabul DIQQAT EʼLON! Hurmatli Samarqand viloyati fuqa | SURXONDARYO KADASTR

#Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Samarqand viloyati Samarqand tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-noyabr kuni soat 15:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaqsudov Mirsaid Sadiqovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Samarqand viloyati Samarqand tumani, Gulobod shaharchasida joylashgan 12-son Musiqa va san’at maktabi binosi.

Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt