Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyag | SURXONDARYO KADASTR

Bugun Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Kadastr agentligi rahbar hamda xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda uning hududiy tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari va filiallar rahbarlarining yig‘ilishda ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur yig‘ilish ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, hududlarda sodir etilgan holatlar tanqid ostiga olindi va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularni oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.