Get Mystery Box with random crypto!

Bir dollardan millioner bo’lishning yo’li Pulning nimaligini | TADBIRKORLAR | BIZNES REJALAR 🇺🇿

Bir dollardan millioner bo’lishning yo’li

Pulning nimaligini va qanday maqsadlarda ishlatilishini hamma biladi. Ammo uni etarli miqdorda qaerdan olish mumkin, degan savolga uncha-muncha odam javob bera olmaydi.
Million cho’ntakda yoki qanday qilib pul ishlab topish mumkin?
Bu hazil yoki balandparvoz gaplar emas. Faqat bitta farqi bor: millionga bugun emas, balki kelajakda erishish nazarda tutilmoqda.

Aslida ISTALGAN pulni millionga aylantirish mumkin. Hammasi hozir qancha pulingiz borligiga bog’liq. Bu millioner bo’lishda muhim omil hisoblanadi. Keling, qanday qilib pulni o’zimizga jalb qilish mumkinligi haqida bosh qotirib ko’raylik.
Qanday qilib ozgina pulni millionga aylantirsa bo’ladi?


Millionga ega bo’lishda pulga afsun o’qib berish ham yordam bermasligi mumkin. Ma’lumki, hozirgi kunda pul pulni «chaqiradi». Faqat bu imkoniyatdan to’g’ri foydalansangiz bo’lgani. Eng yorqin misol, bank depozitini olaylik. Bankka, shartnomaga asosan, omonatga pul qo’yish mumkin.

Shartnomada ko’rsatilgan muddat o’tgach esa, bank sizga o’z pulingizni qaytarib beradi. Yana undan foydalangani uchun foizini ham to’laydi.
Oddiy matematik hisob-kitobni keltirsak. Deylik, siz $1 ni 14 foizlik omonatga qo’ydingiz. Arzimas pul, albatta. Ammo vaqt uchun bitmaydigan ishning o’zi yo’q. Oradan bir yil o’tgach, bank sizga o’sha $1 ingiz va unga qo’shib 14 sent foizingizni ham qaytaradi.

Agar hosil bo’lgan $1,14 ni yana kelgusi yilga qo’ysangiz, bir yildan so’ng siz $1,30 pul olishingiz mumkin. Bu safar foyda miqdori 16 sentni tashkil qildi. Agar mazkur jarayonni yilma-yil takrorlab borsangiz, roppa-rosa 106 yildan keyin siz $1.076.025,67 egasiga aylanasiz. Eslang, boshida bor-yo’g’i $1 pul qo’ygandingiz. Endi hamyoningizda qancha pul bor? Agar bir necha mingni qo’ygan bo’lsangiz, 106 yildan so’ng pulingiz $2,15 milliardni tashkil qiladi.


To’g’riku-ya, lekin 20, 30 yoki 50 yoshda bo’lsangiz, sizda millionga ega bo’lish uchun 106 yil qayoqda, deysiz! Tushkunlikka tushmang. Keltirilgan misol oddiy matematik hisob emas, balki qanday qilib, millioner bo’lish masalasini hal qilishga qat’iy kirishish degani.
Hatto, siz ishlatmay qo’ygan $1 pul ham vaqti kelib sizni millionerga aylantirishi mumkin. Bu boylikni yaratish tizimidagi asosiy «g’isht» hisoblanadi.

Keling, ana shu g’ishtlardan ayrim kompozitsiyalarni hosil qilishga urinib ko’raylik. Agar $1 106 yilda millionga aylansa, $2 qo’yilganida vaqt 102 yilni tashkil qiladi. Bordi-yu, $10 dan boshlagan bo’lsangiz, millionni 89 yil kutishga to’g’ri keladi. Mabodo, $100 qo’yilsa, 72 yildan so’ng siz millionerga aylanishingiz mumkin.
Chakki emas, to’g’rimi? Endi jarayonni tezlashtirib ko’ramiz. Agar $1 ingiz daromad keltirishini bir yil kutib o’tirishni xohlamasangiz, unda HAR KUNI omonatga $1 dan qo’yib borish mumkin. Shunday yo’l bilan millionga 46 yildan so’ng erishsa bo’ladi.

Agar $2 dan qo’ya boshlasangiz, roppa-rosa 41 yildan so’ng maqsadga erishasiz. $10 qo’ysangiz, bu 29 yilda amalga oshadi. Bordi-yu, HAR KUNI $100 dan qo’ya boshlasangiz millionlarga 13 yilda erishasiz

Xozir xamma milionerga aylanishni xoxlaydi va murakkab yechimlar izlashadi lekin kop odamlar buni yechimini topa olishmedi. Biz bugun sizlarga oddiy yechimlardan birini ko'rsatdik etiboringiz uchun raxmat!

OTASH BOTIRXON

T.ME/TADBIRKORLAR_BIZNESREJALAR