Get Mystery Box with random crypto!

#Qiziqarli_tarix Yuliy Sezar Afrikaga yurish qilganida, avva | TARIX™

#Qiziqarli_tarix

Yuliy Sezar Afrikaga yurish qilganida, avval boshdanoq omadsizlikka uchragan. Oʻrta Yer dengizidagi kuchli toʻlqinlar kemalarini toʻzitib yuborgan, oqibatda Afrika qirgʻogʻiga atigi bitta legion bilan yetib keladi. Kemadan tushayotganda… qoqilib, yerga yuztuban yiqiladi. Irimchi askarlar uchun bu oʻta bexosiyat alomat edi. Ammo, Sezar juda zukko edi. Yotgan koʻyi quchogʻini keng yozib, shunday hayqiradi: “O, Afrika, sen mening quchogʻimdasan!” Bundan askarlari ruhlanib, qiyqirishadi. Soʻngra Sezar Misrni zabt etdi.

Kanalimiz
@Tarix