🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​​Gay Yuliy Sezar haqida Imperator Gay Yuliy Sezar (lot. | TARIX™

​​​​​Gay Yuliy Sezar haqida

Imperator Gay Yuliy Sezar (lot. Imperator Gaius Iulius Caesar) (mil. avv. 102 yoki 100-yil — mil. avv. 44-yil) — Rim diktatori (49, 48— 46, 45, 44-yildan umrbod), sarkarda va yozuvchi bo'lgan. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73-yil), edil (65-yil), pretor (62-yil) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompei va Krase bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). ​​Konsul (59-yil), soʻngra Galliya noibi 58— 51-yillarda butun Alp orti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krase vafotidan keyin 48-yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompei va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. ​​O'z qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan. "Galliya urushi haqida xotiralar" va "Grajdanlar urushi haqida xotiralar" asarlari muallifi va kalendarni isloh qilgan.

Bizni kuzatib boring:
@TARIX