🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Darslikda keltirilgan moddalar (11-sinf O'zbekiston tarixi) | TARIX™

Darslikda keltirilgan moddalar
(11-sinf O'zbekiston tarixi)

4-modda. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilishni ta'minlaydi.

8-modda. "O'zbekiston xalqini millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.

17-modda. "O'z. Res. xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi"

31-modda. "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.

89-modda. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadi" (Ushbu moddaning shu bandi 2003-yil olib tashlandi)

93-modda. Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo'mondoni hisoblanadi.

101-modda. Hokimlarning vakolat muddati – 5 yil.

105-modda. “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”.

106-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.


Bizni kuzatib boring:
@TARIX