Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​Mandat qachon chiqarkin? Goh yig‘ladik, goh kuldik, To | TARIX™

​​​​​​Mandat qachon chiqarkin?

Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?

SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?

Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?

Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?

Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?

Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, DTM aka,
Mandat qachon chiqarkin?

    Yolqin Muqimov

P.S: bu ketishdi baʼzi abituriyentlar shoir boʻlib ketmasa boʻlgani


Bizni kuzatib boring:
@TARIX