Get Mystery Box with random crypto!

BIZDA TARIX FANI QANDAY O‘RGATILADI? Abituriyentga avvalo h | TARIX™

BIZDA TARIX FANI QANDAY O‘RGATILADI?

Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 6-sinf darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 2200 tadan ortiq test mavjud (yangi nashr). Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 200–300 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–300 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

Har kitob yakunida “E-Xronika” dasturi ishlanadi. “E-Xronika”, bu – elektron xronologiya bo‘lib, tarixdagi yil va davrlarni eslab qolishning eng optimal usuli hisoblanadi.

Tarixni yaxshi o‘rganish uchun xaritani ham o‘rganish zarur. Tarix atlaslari va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun “Vizual, animatsion xarita” dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi.

Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga xabar yuboriladi.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQshartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!