Get Mystery Box with random crypto!

BIZDA GEOGRAFIYA DARSLARI QANDAY O‘RGATILADI? Abituriyentga | TARIX™

BIZDA GEOGRAFIYA DARSLARI QANDAY O‘RGATILADI?

Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha Yo‘l xaritasi beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi. Masalan, Amerika qit’asi bo‘yicha tayyorlagan infografikamizni havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

O‘quvchilarga har bir darslik bo‘yicha Optimal savol-javoblar nomli o‘quv qo‘llanmasi beriladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi orqali o‘quvchilar mavzuni oson va tezroq o‘zlashtirishi mumkin (albatta, abituriyent avvalo darslikning o‘zini, keyin “Optimal savol-javoblar”ni o‘qishi kerak).

O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 9-sinf “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 3000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani har darsga o‘rtacha 200–300 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–300 ta testni kompyuterda ishlashadi (nazorat ostida). Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

Geografiyani o‘rganish uchun avvalo “xarita”ni bilish kerak. Geografik atlaslar va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun Viziual, animatsion xarita dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi.

Amaliy mashg‘ulot”lar ham geografiyaning ajralmas bir qismidir. “Amaliy mashg‘ulot”lar videodarslar, maxsus testlar (qog‘ozda va kompyuterda) orqali o‘rgatiladi.

Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning Reyting daftarchasiga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga ma’lumotnoma yuboriladi (bu biz uchun ham, siz uchun ham mas’uliyat deganidir. Bu ma’lumotnoma hujjat vazifasini o’taydi).

Shuningdek, kurs davomida boblashtirilgan “Sinov test”lar, sovrinli “Konkurs test”lar ham o‘tkaziladi. Ammo geografiya bo‘yicha bilimlariningizni intensiv rivojlantiruvchi asosiy usullar 2, 3, 4, 5, 6, 7-bandlarda berilgan metodlardir.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida


@TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!