Get Mystery Box with random crypto!

TALABA BO‘LISH UCHUN NIMA KERAK? KELING, SHU PAYTGACHA AYTILGA | TARIX™

TALABA BO‘LISH UCHUN NIMA KERAK? KELING, SHU PAYTGACHA AYTILGAN UMUMIY GAPLARDAN QOCHIB, ANIQ ARGUMENTLARNI KO‘RIB CHIQAMIZ!

“Shu paytgacha aytilgan gaplar” deganda «o‘qishga kirish uchun ishtiyoq, mehnat, mas’uliyat kerak» degan gapni nazarda tutdim. Bu umumiy ma’noda to‘g‘ri. Ammo bu abituriyent tomonidan talab qilinadigan xususiyatlar. Repetitordan-chi, repetitordan nimalar talab qilinadi?!
Baza (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.), metodika, atmosfera (chiroyli muhit), qattiqqo‘llik… Qaysi biri ustuvor?

. “BAZA” (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.) va METODIKA — bu ikkalasi boshqa-boshqa narsalar bo‘lsa-da, abituriyentning natijasi yaxshi chiqishi uchun bularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, ba’zida Telegramdan yozib qolishadi: “O‘quvchilarim bali past chiqdi, metodikangizni tushuntirib bersangiz” deb. Men-ku metodikamni tushuntiraveraman. Lekin baza-chi? Bizning metodikamiz bazamizga asoslangan. Men ming metodikamizni tushuntirganim bilan unda o‘sha baza bo‘lmasa, bizning metodikamizni qo‘llay olmaydi. Aksincha, unda bazamiz bo‘lib, uni o‘rni-o‘rnida qo‘llay olmasa ham natija chiqishi dargumon. Shuning uchun baza va metodika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. “Baza” juda muhim narsa! To‘g‘ri, mukammal narsa bo‘lmaydi. Lekin “baza” – test to‘plamlari va qo‘llanmalarni tayyorlashda mehr va vijdon bilan yondashib, mukammallikka harakat qilish kerak. Chunki “Talaba bo‘laman” deb kelgan korako‘zlar, ularning ota-onalari va asosiysi vijdonimiz oldida javobgarmiz.
Xullas, “baza” va metodika ajralmas narsalar. Va bu eng muhimi!

. ATMOSFERA — biz o‘qigan paytda “atmosfera” tushunchasi katta ahamiyat kasb etmas edi. Ammo zamon talabi ekan, nimayam derdik… “Atmosfera” ham kerakli narsa. Masalan, abituriyentlarga beriladigan turli sovg‘alar atmosferani nisbatan ta’minlab berishi mumkin. Bu to‘g‘ri! Ammo “atmosfera zo‘r bo‘lsin!” deb oshirib yuborish, bu – vaqtni o‘g‘irlash! Ba’zi joylarda atmosfera kuchli bo‘lishi mumkin, ammo “baza” va metodika yo‘q! “Atmosfera” (e’tibor bering, qo‘shtirnoq ichidagi “atmosfera”) bor joyda “o‘qimayotgan” bola ham o‘zini “o‘qib yuribman” deb o‘ylab yuraveradi. Aniqrog‘i nima qilib yurganini bilmaydi.
Xullas, atmosfera kerak. Lekin har narsaning me’yori yaxshi. Faqatgina turli sayohatlar, bepul tushlik, motivatsion treninglar sizni o‘qishga kiritib qo‘ymaydi. Aytishingiz mumkin, “kirishyapti-ku” deb. Yaxshi “baza” va metodikasiz ham kirish mumkin, ammo bu faqat vunderkindlargagina nasib qiladi. Qolganlar esa o‘qishdan yiqilsa, ayb nimadaligini ham anglamasligi mumkin. Va “Tirik qolganlarning tizimli xatosi”ga aldanganlarning tipik namoyondasi bo‘ladi-qoladi (“Tirik qolganlarning tizimli xatosi” haqida keyinroq gaplashamiz).

. QATTIQQO‘LLIK — menga chet tilidan dars bergan o‘qituvchimning abituriyentlarga aytadigan ajoyib gapi bor edi: “sen odamsan, hayvonga qattiqqo‘llik qilinadi” degan (men bu gapni aytsam, qo‘polroq chiqadi. Ustozim esa o‘z shevasida juda ta’sirli va chiroyli qilib aytardi).
Bu gapni mavzuga tushgani uchun yozdim, xolos. Qattiqqo‘llik ham kerak. Ammo shuni anglashimiz kerakki, “baza” va metodika mukammal bo‘lsa, qattiqqo‘llikka hojat qolmaydi. Ya’ni o‘quvchi shu “baza” va metodika orqali o‘zining haqiqatan rivojlanayotganini his qilib tursa, unga qattiqqo‘llik shart bo‘lmay qoladi. Lekin “besh qo‘l barobar emas” deganlaridek, qattiqqo‘llikni talab etadigan o‘quvchilar ham yo‘q emas. Ular o‘zini qattiq nazoratda tutib turishni talab etadi.
Aytmoqchi bo‘lganim, “baza” va metodika bo‘lmasa, abituriyentni ming urasizmi-so‘kasizmi, o‘qishga kirib qolmaydi.

@TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!