Get Mystery Box with random crypto!

KUN TARIXI BUGUN 1-SENTABR • 1991-yil 1-sentabr (bundan 31 y | TARIX™

KUN TARIXI

BUGUN 1-SENTABR

• 1991-yil 1-sentabr (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni.

• 1914-yil 1-sentabr (bundan 108 yil oldin) – Rossiya imperiyasining poytaxti Sankt Peterburg nomi “Petrograd” deb o‘zgartirildi. Bu urush paytidagi nemislarga qarshi kayfiyatga borib taqaladi. Chunki Sankt Peterburg nemischa eshitilardi. Shuning uchun imperator hukumati Petrograd deb o‘zgartirgan (hozirgi kunda bu shahar yana Sankt Peterburg deb nomlanadi).

• 1939-yil 1-sentabr (bundan 83-yil oldin) – Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Britaniyalik jurnalist va yozuvchi Kler Xollingvort Ikkinchi jahon urushining boshlangani haqida xabar bergan birinchi jurnalist sifatida tarixga kirdi.

@TESTLIDER — tarixchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar

Bizni kuzatib boring:
@TARIX