Get Mystery Box with random crypto!

BIZDA “HUQUQ FANI” (HUQUQIY FANLAR) QANDAY O‘RGATILADI? Ab | TARIX™

BIZDA “HUQUQ FANI” (HUQUQIY FANLAR) QANDAY O‘RGATILADI?

Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi.

O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 1000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 100–150 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 100–150 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga xabar yuboriladi.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitorlar: Sherzod Ro‘zmetov, Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida
• Telegram orqali bog‘lanish: @JalolBoltayev