Get Mystery Box with random crypto!

BILASIZMI? «Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy sezar» t | TARIX™

BILASIZMI?

«Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy sezar» tragediyasida o‘lim talvasasidagi Sezar shu ibora bilan do‘stiga murojaat qilgan. Bu voqea tarixiy ildizlarga ega.

Mil. avv. 44-yilda Sezarga qarshi fitna uyushtiriladi. Fitnachilar ichida Sezar o‘zining tarafdori va yaqin do‘sti deb bilgan Brut ham bor edi. Fitnachilardan biri Sezarga xanjar sanchgach, u nafas ololmay, tili kalimaga kelmay qoladi. Brut ikkinchi marta Sezar badaniga xanjar urish uchun u tomonga kelayotganini ko‘rib, imperatorning hayratdan ko‘zlari ochilib ketadi va «bolam, nahotki sen ham ular bilan birgasan?» deb yuboradi, degan mazmundagi ma’lumot antik davr Rim tarixchilari asarlarida uchraydi (ammo, Plutarx Sezar hech nima demaganligini qayd etgan).

Shekspir tarixchilarning gapini ozgina o‘zgartirib talqin qilgan «Sen hammi, Brut!?» iborasi yaqin do‘stlarning xoinligini ifoda etuvchi mashhur iboraga aylangan.

Manbalarda, fitnada jami 60 ga yaqin odam ishtirok etib, ulardan 20 tasi Sezarga 23 marta xanjar sanchganligi qayd etilgan.

#bilasizmi? #qiziqarli

@TESTLIDER — tarixchilar kanali!