Get Mystery Box with random crypto!

Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxa | TARIX™

Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas.

Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski” darsliklarni o‘qitayotgan edik. Kirish imtihonlaridagi testlar “eski” darsliklardan tushishi haqida oldinroq – sentyabrda xabar topganimiz bizning yutug‘imiz bo‘ldi. Bu haqida oktyabrning boshlarida o‘zimga tanish bo‘lgan ba’zi repetitorlarga aytganimda, negadir ishonishmagandi. O‘zimiz ham shunday bo‘lishini taxmin qilayotgan bo‘lsak-da, bir odam tufayli bu taxminimiz yanada mustahkamlangan edi. Xullas, shu vajlar sababli 10-sinf va 1-kurslarga “yangi” darsliklarni, bu yil topshiradiganlarga esa “eski” darsliklarni o‘qitayotgan edik.

Bugun ba’zi repetitor do‘stlarimiz: “Aytsangiz bo‘lar edi”, – deb mendan xafa ham bo‘lishdi. Do‘stlar, aksariyat tanish repetitorlarga aytgan edim, ishonishmadi. Dabdurustdan sizga (mendan xafa bo‘layotgan ikkita repetitor nazarda tutilmoqda) aytsam, ishonishingiz qiyin bo‘lar edi, hatto o‘zimizda o‘qiydigan ba’zi abituriyentlarni ishontirishim qiyin kechgan.

(c) JALOL BOLTAYEV

@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ