Get Mystery Box with random crypto!

​​ Keng ko‘lamli hakerlik hujumlari ortidan AQSHda kiberxav | Tarmoq va tizim administratorligi

​​ Keng ko‘lamli hakerlik hujumlari ortidan AQSHda kiberxavfsizlik byurosi tashkil etiladi

AQSHda kiberxavfsizlikni yaxshilash maqsadida yangi byuro tashkil etiladi. Bu haqda 7 yanvar kuni Davlat departamenti maʼlumot tarqatdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga AQSHdagi hukumat idoralari va xususiy shirkatlar tarmoqlari misli ko‘rilmagan hakerlik hujumi nishoniga aylangani turtki bo‘ldi. Hujum ortida rus hakerlari turgani aytilmoqda.

Davlat departamenti saytida eʼlon qilingan bayonotda qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Kiberxavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar byurosini (CSET) tashkil etish taklifini rasman maʼqullagan.

Bayonotda keyingi oylarda Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va boshqa dushmanlar AQSH milliy xavfsizligiga solayotgan tahdid kuchaygani taʼkidlangan.

Shu yilning 5 yanvar kuni AQSH hukumati mamlakatdagi davlat va xususiy shirkatlar tarmoqlariga qilingan yirik hakerlik hujumi ortida, dastlabki xulosalarga ko‘ra, Rossiya turganini ochiqlagan edi. Moskva bu ayblovlarni rad etgan.

@tarmoq_tizim