Get Mystery Box with random crypto!

Linux kursi Linux operatsion tizimida ishlash asoslari (2 o | Tarmoq va tizim administratorligi

Linux kursi

Linux operatsion tizimida ishlash asoslari (2 oy). Linux operatsion tizimida ishlash noldan boshlab o'rganiladi va bash scriptda kod yozish bilan tugaydi. Orada juda ko'p mavzular bor :) Kurs aynan shu bosqichdan boshlanadi. Bu bosqich asosan tizim administratorligi sohasiga qadam qo'ymoqchi bo'lganlar uchun boshlang'ich etap hisoblanadi. DevOps sohasidagilar uchun Linux bo`yicha bilimlari uchun yetarli ko'nikma olishlari mumkin, shuningdek dasturlash sohasiga qiziqadiganlar uchun Linux operatsion tizimida ishlashni o'rganish uchun ham bu kurs ayni muddao.

Linux operatsion tizimida tarmoq administratorligi (2 oy)
Bu bosqichda Linux operatsion tizimi yordamida tarmoq administratorligini o'rganamiz. Linuxda tarmoq administratorligi bu faqat IP adress berish emas. Juda ko'p mavzular bor :))


Linux operatsion tizimida tizim administratorligi (2 oy)
Bu bosqichda aynan server ko'tarish bilan ishlaymiz.

2-3 bosqichda o'qimoqchi bo'lganlar 1-bosqichni tugatgan bo'lishi shart. Sababi, Linux asoslarini bilaman deganlarning ko'pchiligini bazasi juda kuchsiz.

Dars o‘tish kunlari: har dushanba va chorshanba kunlari. Har 2 haftada bitta juma kuni ham dars bo‘ladi. Yaʼni, bir oyda umumiy 10 ta dars o‘tiladi.

Dars o‘tish vaqti: 18:30 dan 21:00 (21:30 gacha ham davom etishi mumkin)

Dars o‘tish manzili: TATU, O‘zbek-Hind AT markazi

Kurs uchun to‘lov: oyiga 900 ming so‘m. To‘lov har oyning boshida to‘lanadi. Agar 2 oy oldindan to‘lansa, 1 million 700 ming so‘m.

Kursga yozilish uchun manga (@blackroot) murojaat qilasiz.

P.S. Bir narsani yoddan tuting kurslar taxminan 4 apreldan boshlanishi rejalashtirilgan. Va bilasiz aprel oyi Ramazon oyi. Agar ro‘za sababli darsga ulugura olmasangiz, bu holatlarni ham hisobga oling.

@tarmoq_tizim