Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi q | Tarmoq va tizim administratorligi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun imzolandi (15.04.2022) va Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organ etib belgilandi.

Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi.

Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi.

Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

@tarmoq_tizim