🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Real” birinchi, “Barsa” uchinchi, PSJ va “Siti” beshlikda ham | TELERADIO.UZ / Kelajak teleradiosi ®

Real” birinchi, “Barsa” uchinchi, PSJ va “Siti” beshlikda ham yo'q — dunyoning eng qimmat klublari e'lon qilindi

Jahonning yetakchi auditorlik kompaniyalaridan biri KPMG dunyoning eng qimmat klublari yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Madridning “Real” klubi ketma-ket 4-yil jahonning eng qimmat klubi deya tan olindi. Madrid jamoasining umumiy bahosi 3,184 milliard yevroga baholangan.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” uchun muvaffaqiyatsiz mavsumga qaramay, bu borada 2-oʻringa koʻtarilgan. “MYU” hozirda 2,883 milliard yevroga baholanmoqda. Kuchli uchlikni esa “Barselona” yakunlab bergan. Oʻnlikda faqatgina Kataloniya klubining umumiy qiymati 2 foizga pastlab, 2,814 mlrd yevroga narxlangan.

Qayd etilishicha, 32 klub joy olgan reytingda “Milan” eng koʻp oʻsishga erishgan. A Seriya chempioniga aylangan jamoaning bahosi bir yilda jami 35% ga qimmatlashib, 578 million yevroni tashkil etgan holda 15-oʻringa koʻtarilgan.

Jahonning eng qimmatbaho top-10 klubi:

1. “Real” – 3,184 milliard yevro;
2. “Manchester Yunayted” – 2,883;
3. “Barselona” – 2,814;
4. “Bavariya” – 2,749;
5. “Liverpul” – 2,556;
6. “Manchester Siti” – 2,483;
7. “Chelsi” – 2,179;
8. “PSJ” – 2,132;
9. “Tottenhem” – 1,912;
10. “Yuventus” – 1,597.

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official