🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Foydali grammatika Will / shall Biror harakatni kelasi z | THOMPSON ENGLISH

Foydali grammatika

Will / shall


Biror harakatni kelasi zamonda bo'lishi kutilayotgan bo'lsa egadan so'ng will/shall ishlatiladi.
Bo'ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan.
Hodisa tabiiy ravishda ro'y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo'ladi.

Misol:
I will have breakfast - Men nonushta qilaman.
Bu gap oldindan reja qilinganidan emas, qorin ochganidan kelib chiqqan. Agar "I am having breakfast" bo'lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida this morning - bu tong, tomorrow - ertaga kabi so'zlar qo'shilishi mumkin. U holda o'tgan darsdagi present for the future bo'lib qoladi. Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'zlariga "ing" qo'shilmaydi.

- My case is very heavy (Meni sumkam juda og'ir).
I will carry it for you (Men uni ko'tarishib yuboraymi)?
I will eat it - Men uni yeyman.
I think I will go out - O'ylaymanki men tashqariga chiqaman.
I don't think - men unday deb o'ylamayman.


"I will" funksiyasidan oldin "I think" va "I don't think" jumlalaridan foydalansa bo'ladi.

Qisqartmasi:
I will - I'll,
we will - we'll,
she'll
va hokazo.

Savol berishda will/shall egadan oldinga o'tadi:
Will he eat - u ovqatlanadimi?

Inkor qilish "will not" (qisqartmasi: won't).
I won't sleep - men uxlamayman.

Aniq vaqti belgilangan voqealarda will/shall qo'yilmaydi:
We're going to the market on Sunday - Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz.

Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so'zlarida qo'llanadi.
I think we shall win - o'ylaymanki biz g'olib bo'lamiz.

Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will va hokazo.

Falon joyda bo'laman demoqchi bo'lganda "be" (bo'lmoq) qo'shiladi:
I will (I'll) be in Paris - Men Parijda bo'laman.

@thompson_english