🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​“Must” va “have to” modal fe’llari Ingliz tilidagi “must” | THOMPSON ENGLISH

​​​“Must” va “have to” modal fe’llari

Ingliz tilidagi “must” modal fe'li majburiyatni ifodalaydi va “zarur, shart, kerak” deb tarjima qilinadi.

I must answer this letter – Men bu xatga javob berishim kerak.

Pupils must go to school – O’quvchilar maktabga borishi shart.

“Must” biror narsani qat’iy maslahat berish yoki taklif qilish ma’nosida ham keladi.

You must read this article – Siz bu maqolani o’qishingiz kerak.

Inkor gaplarda “must” modal fe’lidan keyin “not” inkor yuklamasi qo’yiladi (must not, mustn’t) va so’roq gaplarda “must” egadan oldinga chiqariladi.

Children must not play with matches – Bolalar gugurt bilan o’ynamasligi kerak.

Must I do it now? – Buni hozir qilishim shartmi?


“Have to” modal fe’li uning sinonimi sifatida qo’llaniladi va biror vaziyat sabab qilinishi kerak bo’lgan ish-harakatlarni ifodalaydi.

I have to get up at 7 o'clock – Men soat 7da turishimga to’g’ri keladi.

“Must” modal fe’lining o’tgan yoki kelasi zamon shakli bo’lmaganligi sababli uning o’rniga “have to” ishlatiladi.

Yesterday I had to help my sister – Kecha opamga yordam berishim kerak edi.

@thompson_english