🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ilmning hurmati ko'ring... O'tgan kuni ko'zimni Navoiy shahri | THOMPSON INSIGHTS

Ilmning hurmati ko'ring...

O'tgan kuni ko'zimni Navoiy shahrida operatsiya qildirdim, va klinikada juda qiziq voqea bo'ldi.

Operatsiyadan so’ng ko’zimni tekshirish uchun yoshi taxminan 45 lardagi doktor ko’zimni ko’rib qo’yishi kerak edi. Doktor bilan bir kun oldin suhbat qurgandik, va farzandlari bizning maktabimizda o’qishini va hammasidan juda ham xursand ekanliklari aytgandilar.

Qizig’i operatsiyadan so’ng pastga tushganimda meni yuzim yod qilinganligi uchun tanimadilar va sensirab "qayerga ketmoqchisan operatsiyadan hozir chiqib" dedilar. Men esa maktabga borishimni aytdim va shunda “Iya domla bu sizmidiz tanimabman” deb kulib yubordilar va sizlashda davom etdilar.

Xulosa shundaki, ilm insonni yosh bo’lasada martabasini yuqori qilar ekan.

Ilm o’rganishdan to’xtamaylik.

@thompsoninsights