🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yilning eng kutilgan voqeasi 'Asia Sprint Triathlon Cup' Biz | Uzbekistan Triathlon Federation

Yilning eng kutilgan voqeasi "Asia Sprint Triathlon Cup"

Biz uzoq kutilgan, O'zbekiston triatlon tarixidagi eng yirik musobaqani tashkil qilish uchun qo'limizdan kelganini qildik !!!


"Asia Sprint Triathlon Cup" (sprint masofasida triatlon bo'yicha Osiyo Kubogi) 2021 yil 9-10 oktabr kunlari Toshkentda "O'zekspomarkaz" MKK AJ hududida o'tkaziladi !!!

Triatlon bo'yicha qit'a kubogida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etishadi!

9 oktabr kuni Elite toifasidagi professional sportchilar "Asia Sprint Triathlon Cup"da bellashadilar. Osiyo Kubogi doirasida U15 toifasi uchun musobaqa bo'lib o'tadi.

10 oktyabr kuni AGE GROUP toifali sportchilar o'rtasida triatlon bo'yicha ASTC bo'lib o'tadi.

Elite va AGE toifalari uchun "Sprint" triatlon masofasi:
Birinchi bosqich, suzish - 750 m
Ikkinchi bosqich, velosiped - 20 km
Uchinchi bosqich, yugurish - 5 km

U15 toifasi uchun "Supersprint" triatlon masofasi:
Birinchi bosqich, suzish - 300 m
Ikkinchi bosqich, velosiped - 8 km
Uchinchi bosqich, yugurish - 2 km

ASTCda havaskorlarning ishtiroki narxi:

540.000 so'm - barcha ishtirokchilar uchun;
270 000 so'm - O'zbekiston Triatlon federatsiyasining 03.10.2021yilgi yillik litsenziyasi egalari uchun.
To'lov 8 oktabr kuni o'tkaziladigan brifingda naqd pulda amalga oshirilishi kerak.

Havaskorlarni ro'yxatdan o'tkazish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/jVKBiNGVKpAfddmi6

U15 uchun ro'yxatdan o'tish:
bitta hududdan 5 tadan ko'p bo'lmagan sportchi
Rus va o'zbek tilidagi elektron arizalarni O'TF menejeri Ekaterina Knebelevaga telegramdan yuborish kerak: +99890 338-30-90

Arizalar 2021 yil 3 oktabrgacha qabul qilinadi

O'zbekiston tarixiga kiradigan qit'a Osiyo kubogida ishtirok etishga ulguring!!!