🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#ConsularTuesdays 2023-yilning 30-May kunidan e'tiboran, AQSh | U.S. Embassy Tashkent

#ConsularTuesdays

2023-yilning 30-May kunidan e'tiboran, AQSh turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko'tariladi. Petitsiya asosida bo'lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko'tariladi. Xorijlik turistlar AQShga sayohat qilishlari uchun, viza murojaatlarini samarali ko'rib chiqishga intilmoqdamiz. Viza murojaati uchun ma'muriy to'lov miqdori, taqdim etilayotgan xizmat narxi asosida hisoblanadi. Vizaga murojaat etish bo'yicha batafsil ma'lumotga rasmiy https://uz.usembassy.gov/visas/ va travel.state.gov/visas veb-sahifalari orqali ega bo'lishingiz mumkin.