Get Mystery Box with random crypto!

Bizga volontyorlar kerak! Bolalar va yoshlar adabiyoti rivoj | Maʼrifat.

Bizga volontyorlar kerak!

Bolalar va yoshlar adabiyoti rivojiga hissa qo'shish istagida bo'lgan volontyorlarni jamoamizga taklif qilamiz!

Respublika ta’lim markazi xalqaro ekspertlar ishtirokida bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar tahlilini o‘tkazish maqsadida jamoa shakllantirmoqda. Loyiha doirasida quyidagilar o'rganiladi:

• Mavjud adabiy janrlar;
• Badiiy asarlarning o’qilish darajasi;
• Kitoblarning bolalar yoshi va rivojlanishi bilan mutanosibligi;
• O‘zbekistondagi xilma-xillikni namoyon etadigan kitoblar.

Agar siz:
• Bolalar va yoshlar adabiyotiga qiziqasangiz;
• Yozuvchi, o’quvchi, o‘qituvchi, kutubxonachi, tadqiqotchi tilshunos yoki nashriyot xodimi bo'lsangiz;
• 10 kun vaqtingizni kitob do‘konlari va nashriyotlarda izlanish o‘tkazish uchun ajrata olsangiz ushbu loyihada ishtirok eting!

Qatnashish istagida bo'lganlar 15-oktabrga qadar international.rce@gmail.com manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA