Get Mystery Box with random crypto!

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida yetim va o | Maʼrifat.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari, qonuniy manfaatlari taʼminlanishi oʻrganildi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qoʻllab-quvvatlanishi hamda oilaviy bolalar uylarining holati bilan tanishish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha shoʻbasi Qashqadaryo viloyatida boʻldi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashda tuman, shahar hokimliklari, bolalarni himoya qilish shoʻbalarining faoliyati hamda oilaviy bolalar uylarida yaratilgan sharoitlar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2022-yil 15-fevral kuni viloyat hokimligi, milliy gvardiya va prokuratura vakillari ishtirokida bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan oʻquv-seminar ham tashkil etildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA