Get Mystery Box with random crypto!

Tanishing, Feruza Ikromova, Toshkent viloyati Chinoz tumanidag | Maʼrifat.

Tanishing, Feruza Ikromova, Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 33-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. U 1-4-sinflarga ona tili va o‘qish savodxonligi fani uchun darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanma ishlab chiqqan o‘n muallifdan biri bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganidan faxrlanadi.
Xalqaro ona tili kuni (21-fevral)... Feruzaning yuzida tabassum bor, chunki yangi darslik o‘quvchilarning o‘zbek tilida o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shadi. O‘qituvchilar uchun esa o‘qituvchi ta’lim metodini faol va o‘quvchiga yo‘naltirilgan usullar bilan boyitishiga xizmat qiladi. Yangi o‘quv kontentlar va usullar boshlang‘ich sinflarda o'quv jarayonini rivojlantiradi, o‘quvchilarga esa yuqori sinflarda yaxshi natijalarga erishishda yordam beradi.

Bizni kuzating https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA