Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston hayotiy koʻnikmalarni shakllantiruvchi taʼlim tizi | Maʼrifat.

O'zbekiston hayotiy koʻnikmalarni shakllantiruvchi taʼlim tizimiga o'tmoqda

2020- yilda o’tkazilgan Jahon Iqtisodiy Forumi kelajak ko'nikmalari deya maktab ta’limidanoq o’quvchida shakllanishi lozim bo’lgan 5 muhim ko’nikmalarni rasman ma’lum qilgan.

Bular –muammoga yechim topish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, odamlarni boshqarish va jamoada ishlash, muloqot ko’nikmalari.

Bugun “Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish" mavzusida 10 dan ortiq xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro seminar o'tkazildi.

Taqdimot qilgan ekspertlarga koʻra, Oʻzbekiston taʼlim tizimi oʻquvchida hayotiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi taʼlim tizimiga oʻtmoqda.

Videoda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining 2020-yildan boshlab taʼlim mazmunidagi oʻzgarishlarni amalga oshirish jarayoni ko'rsatilgan.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA