Get Mystery Box with random crypto!

#yakshanba_motivatsiyasi Muvaffaqiyatlilar ish kuni oxirida b | Maʼrifat.

#yakshanba_motivatsiyasi
Muvaffaqiyatlilar ish kuni oxirida bajaradigan amallar

Taniqli biznes menejeri Maykl Kerrning fikricha, ish kunini qanday yakunlash istiqboldagi muvaffaqiyatning muhim garovi ekan. Quyida sizga ishida yuqori natijaga erishgan insonlarning ish kuni tugashiga oʻn daqiqa qolganida qiladigan odatlari haqida maʼlumot bermoqchiman.

Ular qilinishi lozim boʻlgan ishlar roʻyxatini yangilaydilar

Ishda muvaffaqiyatga erishadigan insonlar faoliyati oʻrganilganida ularning eng avvalo, qilinishi lozim boʻlgan vazifalar roʻyxatini tuzishlari va bu roʻyxat muntazam yangilanishi maʼlum boʻlgan. Ular “bu ishlar ertaga ham xotiramda turgan boʻladi”, deb oʻylamaydilar. Muvaffaqiyat sohiblarining “vaqt menejmenti”dagi bosh mahorati vazifaga “juda zarur” va “zarur” darajalarini qoʻya olish koʻnikmasi bilan uzviy bogʻliq.

Ular ish stollarini tartibga keltiradilar

Tartibli boʻlmaslik – qilinishi lozim boʻlgan ishlarni ortga surishga barobar. Tartib esa ish stolidan boshlanadi. Аyniqsa, qalashib yotgan qogʻoz uyumlari taʼbni xira qilmasligi uchun ularni maxsus jildlarga joylash kerak. Natijada kerakli hujjatni osonlik bilan topish, vaqtni tejash mumkin. Toza va ozoda ish stoli sizga yanada aniq-tiniq fikrlash, vaziyatni tahlil qilishga koʻmaklashadi.

Ular kun davomida erishgan natijani tahlil qiladilar

Kun davomida qilingan ishlar sarhisobi ertaga qilish lozim boʻlgan ishlar haqida aniq tasavvurga ega boʻlish uchun ayni muddao. Qolaversa, bir daqiqa mobaynida bugungi ish kuniga nazar tashlash xodimning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirar ekan.

Maroqli suhbat va muvaffaqiyat sirlarini "Biz g'alaba qozonamiz" kitobida o'qing!

Kanalga obuna bo'lish:

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA