Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-iyun kuni Toshkent shahrida b | Maʼrifat.

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Bir million o‘zbek dasturchilari” qo‘shma loyihasi sovrindorlarini taqdirlash marosimida Xorazm viloyati “Eng faol hudud” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Shu munosabat bilan, ushbu “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilarni faol ishtiroki, IT yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslariga keng jalb qilishda hamda ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishda o‘z hissalarini qo‘shgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamda barcha tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘balari xodimlari viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan taqdirlandilar.