Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib vaqt, mablag’ va kuchni tejash. Igor Mann va Ren | UzBiznes.news

Qanday qilib vaqt, mablag’ va kuchni tejash.

Igor Mann va Renat Shagabutdinov “Har kungi biznes-hak” kitobida turli vaqtinchalik xarajatlarni tartibga solishgan. Uning qisqacha natijalari. 

Tejashni boshlash uchun:
 1. Kundalik rejalashtirishni tartibga solish 
Dunyoni qutqarish bekor qilinadi,barcha mavjud ishlarni bajara olmaysiz. Bugungi kun uchun 2-3 ta muhim vazifa-etarlik! O’ta muhim vazifalarni maksimal darajadagi kunning unumdor vaqtiga rejalashtiring. Hammada bu vaqt alohida. O’zingiznikini aniqlab oling. Odatda bu kunning birinchi, soat 9 dan 14 gacha, bo’lgan qismi. 
  
 2. Mayda ishlarni yig’ish 
Mayda ishlarni guruhlarga ajrating: elektron xatlarni o'qing, muhim fikrlarni yozib oling, qiziqarli lavhalarni birdan o’qib chiqish uchun saqlab qo’ying. Asosiy vazifadan chalg’ib bajarilayotgan ishni diqqat markazidan qochirishimiz mumkin. Inson shunday yaratilgan.

 3. “Yo’q” deyishni o’rganish  
Mazmunsiz va yoqimsiz suhbatni oxirigacha davom ettirish, zerikarli filmni oxirigacha ko’rish yoki istiqboli bo’lmagan biznes takliflarni o’qishning hojati yo'q. Mo’jizalar sodir bo’lib turadi, lekin sizning vaqtingiz qimmatliroq!
 
 4. Ma’lumotni tasdiqlash kabi foydali odatni shakllantirish 
Darhol uchrashuv yoki sovg’a uchun do’konga yugurishdan oldin, qo’ng’iroq qilib kelishuv o’z kuchidaligi, ish vaqti va boshqa kerakli tafsilotlarni aniqlashtiring. 

 5.DEADline ni dadillik bilan o’zgartirish 
Zaruriyat hissi va minimal vaqt ishni ko’proq va tezroq bajarishga ruhlantiradi. Qo’yilgan vazifalarga belgilangan muddatlarni qisqartiring, shunda dangasalikka va tartibsizlikka vaqtingiz qolmaydi.

#rivojlanish

@UzBiznes_news
𝙆𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙢𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙤𝙗𝙪𝙣𝙖 𝙗𝙤'𝙡𝙞𝙣𝙜