🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Primyer Liganing barcha 20 klubi FIFAning Jahon Chempionatini | SPORT TV (Rasmiy kanal)

Primyer Liganing barcha 20 klubi FIFAning Jahon Chempionatini 2 yilda o'tkazish taklifiga qarshi ekanini ma'lum qildi.

Bu masalada ham tabiiyki tanganing ikki tarafi bor. 2 yilda o'tkazilsa, bir tarafdan futbolchilarda ishtirok bo'yicha ko'proq imkoniyat bo'ladi. Aytaylik, birgina jarohat sabab 4 yillikning eng nufuzli turnirini o'tkazib yuborish alami sal bo'lsada yengillashadi. Ya'ni kamroq kutiladi. Yana yoqtirgan iste'dodli futbolchilaringizni bu turnirda ko'proq ko'rish mumkin bo'ladi. Aytmoqchi bo'lganim, yosh nuqtayi nazaridan futbolchilar uchun foydasi bor. Infantino o'rtoqlik o'yinlari soni kamayishini, bu orqali futbolchilarni jismoniy yuklamalardan, zo'riqishdan saqlab qolish kabilarni ham sanab o'tdi. Ammo, son ko'payib sifat pastlashi, bunday bo'lmagan taqdirda ham, musobaqaning qadri tushishi ehtimol katta. Quyosh tutilishi har yili bo'lsa uni tomosha qiluvchilar ham u qadar ko'p bo'lmaydi. Ba'zi qadriyatlar o'zgarishsiz qolgani yaxshi.

https://t.me/Abdurashid_Odilov