Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2023-yilgi mavsum uchun qit’a Ch | SPORT TV (Rasmiy kanal)

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2023-yilgi mavsum uchun qit’a Chempionlar Ligasi va OFK Kubogi kvotalar taqsimotini e’lon qildi.

Unga ko’ra, 2023-yilgi mavsumda O’zbekiston 2+2 kvotaga ega chiqdi. Bu borada G’arbiy Osiyoda Saudiya Arabistoni (3+1) va Eron (3+1) dan so’ng O’zbekiston va Qatar (2+2) teng yo’llanmalar soniga egalik qiladi. BAAga 1+2 yo’llanma nasib etdi.

Shu tariqa, Coca-Cola O’zbekiston Kubogi g’olibi va Coca-Cola Superliga sovrindorlari xalqaro miqiyosda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Qayd etish joiz, ushbu kvotalar taqsimoti OFKning klublar musobaqalari reytinggiga asoslangan.

@UZSPORT_TV