Get Mystery Box with random crypto!

OFK 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogi saralash bo | SPORT TV (Rasmiy kanal)

OFK 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi vaqtlarini maʼlum qildi.

2022-yilning 24-fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qurʼa tashlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Saralash bahslari 2022-yilning iyun oyida markaziy tarzda oʻtkaziladi.

Sport telekanalining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Sport2