Get Mystery Box with random crypto!

Chempionlar ligasi top juftliklari haqida qisqacha to'xtalmoqc | SPORT TV (Rasmiy kanal)

Chempionlar ligasi top juftliklari haqida qisqacha to'xtalmoqchiman.

1. "Atletiko Madrid"&"Manchester Yunayted"

Qur'adan oldin madridliklarning ehtimoliy raqiblari ichida "Qizil iblislar" ning borligi ko'plab memlarga sabab bo'lgan edi. Simeone oldida yana Ronaldu. Birinchi qur'a ularni ayro qildi. Lekin taqdirdan qochib qutilib bo'lmas ekan. Yana shu to'qnashuvni ko'radigan bo'ldik. Simeonening o'zi ham bu jangdan charchagan va xatto bir safar shunday degan edi. "Agar Krishtianu futbolchi bo'lmaganda "Atletiko" bilan 3 marta Chempionlar ligasini yutgan bo'lar edim". Ronaldu "Real" bilan bir necha marta shu turnirda "Atletiko"ni taslim etgan edi. Keyin "Yuventus"da shu hol takrorlandi. Qanday holatda ekanini yaxshi bilasiz. Birinchi o'yindagi g'alabadan so'ng Simeonening "Chiroyli harakat"iga CR7 javob qaytargan edi. Diegoning Ronalduda cheksiz alami bor...

Diego Simeone jamoasi bu safar "Mancheter Yunayted" ga duch keldi. Mr Diego tarkibga qarasa yana shu o'yinchi bor. Beixtiyor, Nega aynan men?— deb yuborgan bo'lsa ham ajab emas. Lekin unga shogirdlari tasalli berish yo'lini topishibdi. Biz 1-qur'ada "Bavariya" ga tushgan edik!

Osmonga chiqsang oyog'ingdan, yerga kirsang qulog'ingdan deb shunga aytishsa kerak...

2. "PSJ" & "Real Madrid"

Messining taqdiri ham Madrid bilan uzviy bog'liq. Leo Ispaniyadan ketsa ham Madrid qarshisida paydo bo'laveradi...

Bu haqida keyinroq.

@Abdurashid_Odilov