Get Mystery Box with random crypto!

2. 'PSJ'&'Real Madrid' Messining taqdiri Madrid bilan uzviy b | SPORT TV (Rasmiy kanal)

2. "PSJ"&"Real Madrid"

Messining taqdiri Madrid bilan uzviy bog'liq. Leo Ispaniyadan ketsa ham Madrid qarshisida paydo bo'laveradi. To'g'ri, "Real"ga qarshi oxirgi o'yinlarda samaradorlik pastladi. Lekin u qaymoqranglilar darvozasiga 26 bor to'p kiritganini bilasiz. "Real" uchun eng xavfli raqib Ispaniyadan ketganda Florintina Peres hech kimga bildirmasa-da, xursand bo'lganiga shubha qilmayman. Lekin nachora, ‘’Eshikdan haydasang, teshikdan…

Shu kuni Madridning bir necha farzandlari uyiga qaytadi. Di Mariya, Hakimi, Navas, Ramos. Men uchun Serxioni "Real"ga qarshi o'ynashini tasavvur qilish eng qiyini bo'lyapti. El Kapitanoning o'zi bu voqelikni shunday izohladi: ""PSJ" uchun "Santyago Bernabeu"da o'lishga ham tayyorman"–professional sifatida shunday qilishi shart. Ammo sobiq jamoasining muxlislari hurmati buni ommaga e'lon qilmaslik yaxshiroq edi. Bu so'zlar qay darajada yurakdan chiqdi buni "Bernabeu"da bilib olamiz. Yana bir qalban “Real”ga tegishli futbolchi Mbappe uchun ham bu o’yin o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Karlo ota ham sobiq jamoasiga qarshi bahsga tushadi.

Fevralgacha Neymar safga qaytishini va "Real" o'yindan o'yinga kuchayib borayotganini inobatga olsak: Kim g'olib bo'lishini oldindan tahmin qilib bo'lmaydi. Biroq daxshatli to'qnashuv bo'lishini tahmin qilish shart emas.

Har ikki jamoa tarkibida iste’dodlar to’lib yotibdi.

"Yulduzlar janggi" filmi rejissori Jorj Lukasda bu o'yindan ilhomlanib yangi film suratga olish g'oyasi uyg'onsa ne ajab...

@Abdurashid_Odilov