Get Mystery Box with random crypto!

Akbar Jo‘rayev — Jahon chempioni! Poytaxtimizda o'tkazilay | SPORT TV (Rasmiy kanal)

Akbar Jo‘rayev — Jahon chempioni!

Poytaxtimizda o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida bugun -109 kg vazn toifasida ikki sportchimiz, Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinovlar umumiy 6 ta medalni qo'lga kiritishdi.

Dast ko'tarishda Akbar Jo‘rayev oltin, Ruslan Nuriddinov esa bronza medalni qo'lga kiritishdi.

Siltab ko'tarishda yana Akbar Jo‘rayev tengsiz bo'ldi, Ruslan Nuriddinov esa kumush medalini o'ziniki qildi.

Umumiy natija esa quyidagicha ko'rinishda:

1. Akbar Jo‘rayev (433 kg)
2. Ruslan Nuriddinov (421 kg)
3. Simon Martirosyan (416 kg)

Sport telekanalining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari
:

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Sport2