Get Mystery Box with random crypto!

Para velosportchilarimiz Osiyoda tengsiz! Bugun qo‘shni Qozog | SPORT TV (Rasmiy kanal)

Para velosportchilarimiz Osiyoda tengsiz!

Bugun qo‘shni Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi,  qit'aning eng kuchli para velosportchilari qatnashgan musobaqada 19 nafar vakilimiz shohsupadan joy oldi:

Erkaklar
Bunyodbek Haytmahammadov (C1) oltin
G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin
Og‘abek Huderganov (C3)oltin
Azimbek Abdullayev (C5) oltin
Aziz Ataxo‘jayev (T1) oltin
Baxodir Odinayev (T2) oltin
To‘lqin Ravshanov (T2) kumush
Saidjabbor Dadaxonov (T1) bronza
Boymurod Yavqochev (C5) bronza
Abrorbek Ibrayimov (C4) bronza
Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) bronza
Muhammed ali Jo‘limbetov (C3) bronza

Ayollar
Azizaxon Qosimova (C3) oltin,
Kamola Nurillayeva (C4) oltin
Laziza Usmonova (T1) oltin
Odina Hamdamova (T2) oltin
Fotima Soipova (T1) kumush
Zarifa Mo‘minova (T2) kumush
Fotimaxon Haydarova (T2) bronza

Yakunda terma jamoamiz Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu borada kuchli uchlikdan Tailand va Qozog'iston terma jamoalari joy oldi.

@SPORTTVMTRK

Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Rutube