🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ulamolar nasihati: Yaxshi koʻrgan insoningni koʻp maqtama; R | VAQF.UZ | Расмий канал

Ulamolar nasihati:

Yaxshi koʻrgan insoningni koʻp maqtama;

Robbisiga itoat qilmaydigan bilan birga yurma;

Majlislarda koʻp gapirma;

Oʻtirgan holingda salom berma;

Seni tashlab ketgan doʻstga yaqin boʻlishga intilma;

Dinimiz vasatiylik (oʻrtahollik) dini;

Oʻzingni xor qilma, takabbur ham boʻlma;

Oʻta muloyim ham, oʻta beshafqat ham boʻlma;

Rostgoʻy qasam ichmaydi;

Ishonchli kishi oʻzini oqlamaydi;

Ixlosli kishi nadomat qilmaydi;

Oliyjanob kishi minnat qilmaydi;

Muhabbat qilgan malollanmaydi;

Sen boshqalar xohlagandek boʻlma, balki qanday boʻlsang, shundayligingcha qol;

Odamlarni hurmat qilishing ularga ehtiyojing borligini anglatmaydi, balki oʻz diningdan olgan taʼlim-tarbiyangni namoyon qiladi;

Hurmat qil, hurmat koʻrasan;

Axloqing bilan boy, qanoating bilan behojat, tavozeng bilan ulugʻvor boʻl;

Ortingdan gapiradiganga parvo qilma, chunki u haqiqatda ortingdadir, sendan oldinda emas;

Odamlarga Qurʼondan qancha oʻqiganing yoki yodlaganing haqida gapirib oʻtirma, ularning oʻzlari senda Qurʼonni koʻrishsin;

Ochni taomlantir, yetimga rahm qil, yomonlik qilganni kechir, ota-onangga yaxshilik qil, qarindoshlik aloqalarini tikla, barchaga tabassum et;

Qurʼondan qancha oʻqiganing yoki yodlaganing muhim emas, muhimi Qurʼon senda qayergacha yetib borganida;

Kishilar qalbiga doimo xursandchilik olib kirishga harakat qil!

Ehson qilish uchun ustiga bosing
:
PAYME | CLICK | APELSIN | Agrobank | uPay

USSD орқали: *880*021092*summa#

@vaqfuz