🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ Siz ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaysizmi? Ingli | Webster University in Tashkent

​​ Siz ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaysizmi? Ingliz tilini o'rganmoqchimisiz yoki mavjud darajangizni ko'tarmoqchimisiz? Unda Media Professionallar uchun Ingliz tili dasturiga hujjat topshiring.

OAVM-I - bu jurnalistlar, muxbirlar, bloggerlar, fotojurnalistlar, matbuot xodimlari va boshqa OAV vakillari uchun 9 oylik bepul dastur. Kurslar davomida siz ingliz tilida gapirish, yozish, o'qish, tinglashni va tushunish malakalarini egallash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Boshlang'ich, o’rta va yuqori darajalariga ko'ra guruhlarga qabul davom etmoqda. Hujjatlarni topshirishning oxirgi kuni – 24-sentabr. Darslar 2021 yil 18-oktabrda boshlanadi.

Qanday hujjat topshirasiz?
- Havoladagi shaklni to'ldiring: https://cutt.ly/EPMM21
- Bir sahifadan iborat rezume(CV)ni ilova qiling
- Profilingizga 150 so'zdan iborat motivatsion xatni biriktiring

Arizalar 24 sentabrgacha qabul qilinadi. Agar siz arizalar tanlovidan o’tsangiz, sentyabr oyining ikkinchi haftasida sizni ingliz tili darajasini aniqlash uchun test va suhbatga taklif qilamiz.

Dasturga qiziqqan va ko'proq ma'lumot bilishni istaganlar uchun, sizni Zoom orqali informatsion brifingda ishtirok etishga taklif etamiz, unda biz o'qituvchilarimiz Josh Gaston, Hilola Samatova va Tawney Kruger larni sizga tanishtiramiz. 20-sentabr kuni soat 19:00da Zoom ilovasi orqali bizga qo’shiling.
Havola: https://webster-edu.zoom.us/meeting/register/tJUod-mgpzMpG9wkuAXpmmKosa5uE7y3qpo1