🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Jurnalistlar uchun Ingliz Tili Kurslari endi Farg'onada! | Webster University in Tashkent

​​Jurnalistlar uchun Ingliz Tili Kurslari endi Farg'onada! Siz ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaysizmi? Ingliz tilini o'rganmoqchimisiz yoki mavjud darajangizni ko'tarmoqchimisiz? Unda Media Professionallar uchun Ingliz tili dasturiga hujjat topshiring.

OAVM-I - bu jurnalistlar, muxbirlar, bloggerlar, fotojurnalistlar, matbuot xodimlari va boshqa OAV vakillari uchun 9 oylik bepul dastur. Kurslar davomida siz ingliz tilida gapirish, yozish, o'qish, tinglashni va tushunish malakalarini egallash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Boshlang'ich, o’rta va yuqori darajalariga ko'ra guruhlarga qabul davom etmoqda. Hujjatlarni topshirishning oxirgi kuni – 27-oktabr. Darslar 2021 yil 1-noyabrda boshlanadi.

Qanday hujjat topshirasiz?
- Havoladagi shaklni to'ldiring: https://cutt.ly/EPMM21
- Bir sahifadan iborat rezume(CV)ni ilova qiling
- Profilingizga 150 so'zdan iborat motivatsion xatni biriktiring

Arizalar 27-oktabrgacha qabul qilinadi.